O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini eng ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Shu maqsadda har bir mahallada yoshlar yetakchisi
lavozimini joriy qilingan. Mahalladagi yoshlar yetakchilarining ish faoliyatini baholash mexanizmi KPI orqali har chorakda eng yuqori ko'rsatkich qayt etgan yetakchilarning Respublikada TOP-100 reytingi yo'lga qo'yilgan. E'tiborlisi Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati, “Navro'z” mahallasi yoshlar yetakchisi Usmonaliyev Jaxongir Baxodir og'li KPI ko'rsatkichlari bo'yicha eng yaxshi natija qayt etib, TOP-100 talikka kirishga
muvaffaqt bo'ldi. Yoshlar ishlari agentligi rahbari A.Sadullayev va O'zbekiston Mahallalari Uyushmasi rahbari Q.Kuranbayev tomonidan yuborilgan tashakkurnoma va estalik sovg'alarini Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i N.Xojiyev shaxsan o'zi yetakchining ota-onasiga topshirdi va minnatdorchilik bildirdi.