Deputat oilalar tinchligi yo‘lida
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Oysuluv Òljayeva “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ajrim yoqasiga kelib qolgan notinch oilalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida oilalardagi muammolar tinglanib, kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maslahatlar berildi. Shuningdek, ijtimoiy, huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur uchrashuvlar oilalarning mustahkamligi, farzandlarning sog‘lom tarbiyasi va jamiyatda tinch-totuv muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.