Новости

Oqoltin tumanida o‘quvchilar bilan ekologik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 Oqoltin tumanida o‘quvchilar bilan ekologik uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

  Joriy yilning 9-sentyabr kuni Oqoltin tuman Ekologiya partiyasi Kengashi raisi Shuhrat Maxamatov hamda deputatimiz Odiljon Aliqulov birgalikda “Shodlik” MFY hududidagi 17-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. 

  Tadbir davomida yoshlarni ekologik faoliyatga jalb etish maqsadida “Yosh ekologlar” klubini tashkil etish yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

  Shuningdek, o‘quvchilarga ekologik sanalar – 7-sentyabr “Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni” hamda 8-sentyabr “Xalqaro turnalar kuni” haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Uchrashuv so‘ngida o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.  

Slide 1 of 5