Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputat Kashkarov O. tomonidan fuqaro J.M. Maxmudovning murojaati asosida “Minor” MFY, Markaz-6 mavzesida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabi atrofida piyodalar yo‘lagini barpo etish masalasi ko‘tarilib, tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📌Deputatlik so‘rovi tuman hokimligi tomonidan o‘rganilib, mazkur hududda piyodalar yo‘lagini barpo etish masalasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi belgilandi.
🏫O‘rganish natijasiga ko‘ra, “Minor” MFY, Markaz-6 mavzesida joylashgan 9-sonli maktab atrofida piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlarini mahalla jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topildi.
🤝Mazkur masalaning amaliy yechimini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.