Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Saidaliyev A. hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🗣Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mutolaaning yosh avlodning dunyoqarashi, bilim va intellektual salohiyatini oshirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
🎓Shuningdek, bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi rejalari, oliy ta’lim olishga bo‘lgan intilishlari, kasb tanlash va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari tinglandi.
🤝Uchrashuvda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim olishi va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
☑Yoshlarning taklif va fikrlarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari deputatlik faoliyati doirasida nazoratga olindi.