Yoshlar salomatligini mustahkamlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish uchun sport maydonchalarining sozligi hamda ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova Balandchaqir mahallasidagi workout maydonchasi holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida sport jihozlarining holati, maydonchaning saqlanishi va aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan sport maydonchasini ozoda saqlash, jihozlardan xavfsiz foydalanish va mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berildi.