Новости

Последние новости

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
O‘ZBEK TILI — MILLIY O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI

oshkent Xalqaro universiteti Ijtimoiy fanlar va ta’lim kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini yuksaltirish, ona tiliga hurmatni yanada oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

💬Tadbirda Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova, Ichki Ishlar Akademiyasi professori Ibroximjon Saidaxmedov hamda Yunusobod tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Kamolaxon Miraminova ishtirok etdilar.

📚Deputat I. Ashrapova o‘z chiqishida o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va qo‘llanish doirasini kengaytirish, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish masalalariga to‘xtaldi.

⚖️Tadbirda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

📝Mazkur qonun o‘zbek tilining yozma shaklini yanada takomillashtirish, alifbodan foydalanishda qulaylik yaratish hamda uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgani ta’kidlandi.

🇺🇿Deputat tomonidan yoshlarning ona tiliga hurmatini oshirish, savodxonligini yuksaltirish va til islohotlari jarayonida ularning faol ishtirokini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3