Новости

Последние новости

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masala deputatlik nazoratida
🔹Parlamentlararo muloqot — tinchlik va hamkorlik garovi

🔰#munosabat

🔹Parlamentlararo muloqot — tinchlik va hamkorlik garovi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi raisi Pere Joan Pons Sampyetroni qabul qilishi mamlakatimizning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarining muhim ifodasidir.

✔️Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, parlamentlararo muloqotni kengaytirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash hamda demokratik institutlar faoliyatini rivojlantirish bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, qonun ijodkorligi va inson huquqlarini ta’minlash borasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

✔️Ayniqsa, xalq vakillik organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro tajribaning ahamiyati katta.

✔️Ishonamanki, O‘zbekiston va YXHT Parlament assambleyasi o‘rtasidagi muloqotning izchil rivojlanishi mamlakatimizda demokratik islohotlarni takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tizimini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.

Latofat Behbudova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt