Новости

Последние новости

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar salomatligi va farovonligi — ustuvor vazifa

🔰#munosabat

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar salomatligi va farovonligi — ustuvor vazifa

🇺🇿O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning og‘ir va hayot uchun xavfli kasalliklarga, jumladan, saratonga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkil etilgan Global tarmoq raisi etib ikki yil muddatga saylangani bolalar salomatligi va farovonligini ta’minlash yo‘lidagi muhim voqeadir.

👉Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, har bir bolaning hayoti, sog‘lig‘i va munosib kelajagi jamiyatning eng katta qadriyatlaridan biridir. Ayniqsa, og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy tibbiy yordam imkoniyatlarini kengaytirish hamda davolanish jarayonida ularga zarur sharoit yaratish alohida e’tibor talab etadi.

👉Samarqandda o‘tkazilgan bolalar farovonligiga bag‘ishlangan butunjahon sammiti doirasida e’lon qilingan ushbu tashabbus xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi mumkin.

👉Biz ham mahalliy darajada bolalar salomatligini muhofaza qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va har bir bolaning sifatli tibbiy yordam olishiga ko‘maklashish masalalariga befarq bo‘lmasligimiz kerak.

👉Zero, bolalarga g‘amxo‘rlik — kelajakka g‘amxo‘rlikdir!

Gulhayo Jabborova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt