Новости

Последние новости

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
Aholi bandligini ta'minlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargors” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi B.Amantayevning yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida yoshlarning bandlik holati, ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔻Shuningdek, yoshlar bilan ishlash jarayonida ularning qiziqishlari, kasbiy ko‘nikmalari va mavjud imkoniyatlarini inobatga olgan holda, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi. Ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda har bir yoshning imkoniyatidan kelib chiqib, bandligini ta’minlashga qaratilgan individual yondashuvni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🔻Yoshlar bandligini ta’minlashda kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3