Новости

Последние новости

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
2-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR VA QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

Ijtimoiy soha obyektlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahridagi ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati G‘.Madumarov tomonidan 23-Chilonzor saylov okrugi hududidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ–595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim olishi uchun qonunchilikda belgilangan kafolatlarning amalda ta’minlanishi o‘rganildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun guruh xonalarida zarur haroratni ta’minlash, isitish tizimining holati va mavsumga tayyorgarlik ishlari ham e’tibor markazida bo‘ldi. Zero, sovuq kunlarda bolalar salomatligini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz, iliq va qulay muhit yaratish maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.

Mazkur o‘rganishlar nafaqat qonunchilik ijrosini baholash, balki mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash hamda ta’lim-tarbiya sifati va sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4