Новости

Последние новости

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masala deputatlik nazoratida
Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari o‘rganiladi

 Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari o‘rganiladi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 2-oktabr kuni tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishining holati, qonuniyligi va shaffofligini o‘rganish yuzasidan DKQ 03-04/154-26-son qaror qabul qilindi.

🔎 Qaror asosida tumanda tabiatdan foydalanish sohasidagi davlat xizmatlari, jumladan:
🌳 davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish;
🌱 o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar;
💧 suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’mol qilishga ruxsat berish;
📄 arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
⏱️ davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlariga rioya etilishi;
⚖️ ruxsatnoma berish yoki rad etish asoslarining qonuniyligi;
💻 elektron davlat xizmatlaridan foydalanish va shaffoflikni ta’minlash holatlari o‘rganiladi.
👥 O‘rganishlarni amalga oshirish uchun ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tomonidan tegishli tashkilotlardan zarur hujjat va ma’lumotlar olinib, berilgan ruxsatnomalar, rad etilgan arizalar hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari tahlil qilinadi.
📋 Shuningdek, o‘rganishlar maxsus savolnoma asosida olib borilib, zarur hollarda masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.
⚠️ Tabiat obyektlaridan ruxsatsiz foydalanish, daraxtlarni noqonuniy kesish va suv resurslaridan ruxsatsiz foydalanish holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqiladi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, zaruratga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritiladi.

📌 Mazkur ishlar tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlarining qonuniy, ochiq va shaffof ko‘rsatilishini ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.