Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining sessiya oldidan Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🩺 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-noyabr kuni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan o‘tkazilgan 63-2025-sonli yig‘ilish bayonining 2-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan masala ko‘rib chiqildi.

📌 Mazkur topshiriqqa ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari ishtirokida kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va davolash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tasdiqlanishi belgilangan.

🔎 Shuningdek, chora-tadbirlar rejasining ijrosini doimiy tahlil qilib borish, kasalliklarning oldini olish va aholiga tibbiy yordamni yaqinlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan aniq choralar hamda kelgusidagi rejalarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muntazam muhokama qilib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Sessiya oldidan o‘tkazilgan muhokama yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish va belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 5