Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Qo‘qon shahrining turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov Fransiyaning Wilmotte kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahridagi madaniy meros obyektlarini o‘rganish va ularning asl holatini baholash, tarixiy-me’moriy obidalarning bugungi holatini saqlab qolish hamda ularni kelajak avlodga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Qo‘qon shahrining boy tarixiy va madaniy merosidan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish hamda shaharning turizm salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Muloqot davomida tarixiy obyektlarni turizm yo‘nalishlariga yanada keng jalb etish, ularning o‘ziga xos me’moriy va madaniy jihatlarini asrab-avaylash, shuningdek, Qo‘qon shahrining sayyohlik jozibadorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash va shaharning turizm imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2