Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
KO‘RKAM MAHALLASIDA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nig‘matullayevich o‘z saylov okrugidagi Ko‘rkam mahallasiga tashrif buyurib, mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida, avvalo, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, aholining mavjud muammolarini aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi faoliyatining natijadorligi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning manzilliligi va ularning aholi turmush sharoitini yaxshilashga ta’siri yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3