Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
“Pattеkesar” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Termiz shahrida mahallalarda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati T.Berdiyevning saylov okrugiga qarashli “Pattakesar” mahallasida bo‘lib, mahallada jinoyatchilik holati va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Alohida e’tibor “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mahalla, profilaktika inspektori va tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda jinoyatchilikni kamaytirish, “qizil” va “sariq” hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.