Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
“Shifokor” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan Kengashning 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida o‘tkazildi.

Tashrif davomida mahalla raisi va yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashilib, mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ishlash hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalladagi ishlarning holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan belgilangan vazifalarning “Shifokor” mahallasidagi ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.