Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova tomonidan shahar hokimligida tashkil etilgan Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida shtab tomonidan olib borilayotgan ishlar, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining muammolarini manzilli o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda ularga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shtab faoliyati davomida belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.