Новости

Последние новости

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
MASH’AL MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI

 MASH’AL MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 2-Mash’al saylov okrugi deputati Saidov Mahmud Abdug‘aniyevich tomonidan Mash’al mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi shakllantirildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Samatov Tuyumurod — MFY raisi;
🔹 Kayumov Umid — hokim yordamchisi;
🔹 Berdieva Adolat — xotin-qizlar faoli;
🔹 Janiyev Olchinbek — ijtimoiy xodim;
🔹 Boybekova Saida — otinoyi;
🔹 Abdullayev Ulug‘murod — nuroniy;
🔹 Abdullayev Saida’zim — nuroniy.
📋 Ishchi guruh tomonidan Mash’al mahallasidagi mavjud holatni o‘rganish, ishsiz va kam daromadli fuqarolar bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish hamda ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash ishlari olib boriladi.
🔎 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.
📍 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, mas’ullarni belgilash va ijroni nazorat qilishga qaratilgan.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi
2-Mash’al saylov okrugi deputati — M. Saidov 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!