Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari Y.Musayev hamda Sh.Radjapov tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi va FHDYo organlari faoliyati, xususan, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmatlarning sifati va qulayligi, murojaatlarni qabul qilish hamda ko‘rib chiqish jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, navbatlarni tartibga solish tizimi, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligi, tezkorligi va qonunchilik talablariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi.

📖 Deputatlar tomonidan markazga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonidagi fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Jumladan, tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni rasmiylashtirish, dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, turli ma’lumotnomalarni olish hamda boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari bilan yaqindan tanishildi.

✅ O‘rganish yakunida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun qulay va ochiq xizmat ko‘rsatish muhitini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3