Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “14-A.Ikromov” saylov okrugi deputati D.Xamraqulov, tuman Kengashi deputati L.Mamasoliyeva hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini Yoshlik ko‘chasida yashovchi fuqaro V.Mirzayevning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔽O‘rganish davomida fuqaro tomonidan Yoshlik va Baxt ko‘chalarida yashovchi fuqarolarning Bag‘dod–Qo‘qon yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lidan xavfsiz o‘tishini ta’minlash masalasida murojaat qilingani aniqlandi.

🔹Xususan, mazkur yo‘lning boshlanish qismida mavjud piyodalar o‘tish joyi bilan keyingi piyodalar o‘tish joyi orasidagi masofaning uzoqligi sababli fuqarolar yo‘lni belgilanmagan joylardan kesib o‘tishga majbur bo‘layotgani, buning natijasida yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid yuzaga kelayotgani qayd etildi.

🔹Shu munosabat bilan mazkur hududda qo‘shimcha piyodalar o‘tish joyini tashkil etish hamda mavjud piyodalar o‘tish joylarining yo‘l chiziqlarini qayta bo‘yash masalasi ko‘rib chiqildi.

🔹Murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish va hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 5