35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Zevar" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi farovonligini ta’minlash, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo'jayipok saylov okrugidan saylangan deputat M.Omonullayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Zevar" MFYda bo‘lib, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda kommunal-infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 1