35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — e’tiborda

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — e’tiborda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J. Norov hamda R. Murodov hamkorligida Mustaqillik mahallasida hududlardan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarining tashkil etilishi, belgilangan hududlarda sanitariya-tozalik talablariga rioya qilinishi hamda chiqindilarning to‘planib qolishining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish va hududlarda tozalikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📌Hudud obodligi va sanitariya holatini yaxshilash borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 3