Yig‘ilishda hududdagi barcha reklama, banner va e’lonlarning, avvalo, o‘zbek tilida, adabiy til me’yorlari va estetik talablarga muvofiq joylashtirilishi holati tahlil qilindi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi E. Akramovning hisoboti eshitilib, atroflicha muhokama qilindi.