Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati

“Farovon” mahallasida deputatlik nazorati

Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatiga amaliy ko‘maklashish hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Pardayev Azamat Almardanovich “Farovon ” mfyga tashrif buyurib mahalla raisi va "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdi.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

Mas’ullar tomonidan mahalla raisi ishtirokida quyidagi muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi:

"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan harakati;

Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarni "xonadonbay" o‘rganish; 

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ijtimoiy daftarlar"ga kiritilgan xonadonlar, ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar va yoshlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ahvoli.

O‘rganishlar yakunida mas’ullar faollariga Prezidentning PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!
Slide 1 of 1