Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati

 “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati

✅ O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 25-sentabrdagi O‘RQ-376-son “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan.

✅ Mazkur Qonunning asosiy maqsadi mamlakatimizda ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslari belgilab berilgan.

✅ Ijtimoiy sheriklik — davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi hamkorligidir.

✅ Qonunda ijtimoiy sheriklikning qonunga bo‘ysunish, teng huquqlilik, ochiqlik va shaffoflik, hammaboplik, mustaqillik, xolislik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish kabi asosiy prinsiplari belgilangan.

✅ Ijtimoiy sheriklik aholining ijtimoiy himoyasi va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.

✅ Ushbu qonunning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish muhim ahamiyatga ega.

✅ Shuningdek, jamiyatda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda davlat tashkilotlari bilan jamoatchilikning hamjihatlikda faoliyat yuritishi, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zaro hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish ijtimoiy sheriklikning muhim jihatlaridan hisoblanadi.

✍✍✍ Ijtimoiy sheriklik — davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ishlarni samarali tashkil etishning muhim huquqiy asosidir.

Slide 1 of 1