🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R. Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Oqtepa” mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni samarali va sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.
➡️Shuningdek, ijtimoiy yordamning manzilliligi, fuqarolarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini ta’minlash va mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.
➡️Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ijtimoiy yordamning manzilliligini kuchaytirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt