Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Davlat xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi (FHDYo) faoliyati o‘rganildi.

🔻Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar jarayoni bilan tanishilib, aholining turli masalalar bo‘yicha murojaatlarini qabul qilish, ularga zarur ma’lumot va tushuntirishlar berish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda xizmatlarni belgilangan tartibda ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar uchun navbat kutish, murojaat qilish va xizmatlardan foydalanish jarayonida qulayliklarni ta’minlash, xodimlarning murojaatchilar bilan muomala madaniyati va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔻FHDYo bo‘limi faoliyati bilan tanishish davomida esa tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim va fuqarolik holatiga oid boshqa dalolatnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tegishli ma’lumot va guvohnomalarni rasmiylashtirish ishlari yuzasidan ma’lumotlar olindi.

🔻Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3