Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Ko‘p qavatli uy-joylarning elektr energiyasi ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov fuqarolar murojaatlariga asosan tumanning “Navro‘z” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning elektr energiyasi ta’minoti holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylardagi elektr ta’minoti tizimining umumiy holati, elektr shitlari, taqsimlash qurilmalari va ularning xavfsizlik talablariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, elektr ta’minoti bilan bog‘liq aholi murojaatlari va mavjud muammolar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish davomida ayrim ko‘p qavatli uy-joylarda elektr shitlarining texnik holatini yaxshilash, ularni ta’mirlash va tartibga keltirish zarurligi qayd etildi. Elektr shitlarining soz va xavfsiz holatda bo‘lishi nafaqat elektr energiyasining barqaror taqsimlanishi, balki aholi xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan ham muhim ekani ta’kidlandi.

🔺Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr shitlarini belgilangan talablar asosida ta’mirlash, ularning texnik holatini muntazam nazorat qilib borish hamda kelgusida elektr ta’minotida uzilishlar va nosozliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1