Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Biriktirilgan tashkilot faoliyati hamda Qonun ijrosi o'rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonun #deputat_faoliyati

Biriktirilgan tashkilot faoliyati hamda Qonun ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 7-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat K.Umirov o‘ziga biriktirilgan tashkilot — ATB «Mikrokreditbank» Qiziriq tumani filialida tuman Kengashi koibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bilan birgalikda bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, kredit ajratish amaliyoti, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda bank xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Shuningdek, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-580-son, 2019-yil 5-noyabr, yangi tahrir) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida qonun talablarining amaliy ijrosi, bank xizmatlarining aholiga qulayligi, kreditlash jarayonlari hamda mijozlar bilan ishlash holati yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, bank xizmatlari sifatini yanada oshirish, aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2