Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Mahalladagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganildi

#DEPUTATLAR_HUDUDDA

Mahalladagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini o‘rganish doirasida Xalqobod MFY profilaktika inspektorining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔷 O‘rganish jarayonida mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Profilaktika inspektori tomonidan jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan individual profilaktik ishlarni tashkil etish, ularning xulq-atvorini nazorat qilish, muammoli oilalar bilan ishlash, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👨‍👩‍👧‍👦 Bundan tashqari, mahalladagi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, nazoratsiz va qarovsiz qolishining oldini olish hamda muammoli yoshlar bilan individual ishlash masalalari ham o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 3