Новости

Последние новости

янв.21
🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida
янв.21
🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan farovonlik sari
янв.21
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
янв.21
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish olib borildi

#doimiy_komissiya_faoliyati
#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#162_ta_Qonun #biriktirilgan_tashkilot
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasiga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish masalasiga oid ma’lumotlar, mavjud hujjatlar hamda mablag‘lardan foydalanishning ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida markaz faoliyati o‘rganilib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashidan mazkur tashkilotga biriktirilgan deputat Q.Igamberdiyeva bilan hamkorlik masalalari ham markaz direktori bilan muhokama qilinib, markaz faoliyatini deputatlik nazorati doirasida o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2