Новости

Последние новости

янв.21
🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida
янв.21
🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan farovonlik sari
янв.21
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
янв.21
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi

🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Zangi” mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat joyiga chiqib o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosini tumanda ta’minlash, mahalladagi yoshlarning ijtimoiy holati, bandligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kasb-hunar va tadbirkorlikka qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔺Shuningdek, band bo‘lmagan yoshlar bilan ishlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔺O‘rganish jarayonida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Yoshlar bandligini ta’minlashda mahalla, yoshlar yetakchisi va mas’ul tashkilotlar hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
🔺Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
🔺Yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4