Новости

Последние новости

янв.21
🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida
янв.21
🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan farovonlik sari
янв.21
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
янв.21
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi
Qonunchilik targ‘iboti — huquqiy bilim va imkoniyat sari
#tavsiyalar
#qonun_162
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

Qonunchilik targ‘iboti — huquqiy bilim va imkoniyat sari

Qonunni bilish — huquqni bilish, huquqni bilish esa o‘z manfaatini himoya qila olish demakdir!

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, kotibiyat bosh mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilikdagi muhim imkoniyat va kafolatlarni aholiga yetkazish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, aholining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan bir qator huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son, 2021-yil 24-iyuldagi 459-son hamda 2019-yil 28-martdagi 257-son qarorlari asosida soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Eng muhimi, qonun faqat qog‘ozdagi hujjat emas — u insonning huquqi, imkoniyati va manfaatini himoya qiluvchi muhim kafolatdir!

Huquqiy targ‘ibot orqali aholining qonunchilikdan xabardorligini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish ishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 6