Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 12-sonli "Aspantay" saylov okrugidan saylangan deputat G. Jumanazarova mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda muhokama qildi.

Uchrashuv davomida ko‘chalarni obodonlashtirish, hudud tozaligini saqlash, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mahalla aholisining taklif va tashabbuslari tinglanib, tegishli masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan bunday uchrashuvlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2