Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati: yoshlar manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy davrda qator amaliy ishlar olib borildi.

✅Amalga oshirilgan asosiy ishlar:

✅Hududlardagi yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar shakllantirildi.

✅Yoshlar bandligi, tadbirkorligi, ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

✅Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda yoshlarga oid masalalar yuzasidan o‘rganishlarda faol ishtirok etildi.

✅Yoshlar manfaatlariga daxldor qaror loyihalari va hududiy dasturlar yuzasidan takliflar tayyorlandi hamda muhokamalarda ishtirok etildi.

✅Yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning tashabbus va g‘oyalari qo‘llab-quvvatlandi.

✅Yoshlar o‘rtasida qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

✅Ekologiyani asrash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarida faol ishtirok etildi.

✅Deputatlar va yoshlar uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashilib, dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

✅Iqtidorli, tashabbuskor va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

✅Yoshlar masalalariga oid davlat dasturlari va "Yo‘l xaritalari" ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratida ishtirok etildi.

🤝Yoshlar maslahat guruhi bundan buyon ham yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy Kengash faoliyatida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettiradi.

Bizni kuzatishda davom eting!