Tadbir davomida mahalla hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ijtimoiy reystirga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini kasb-hunarga o‘qitish tadbirlarni ko‘paytirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
Deputat M.Hojiyeva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, kelgusida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.