Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamkorligida "Pochchoyi" mahallasida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarning amaldagi qonunchilik talablari asosida to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi.
✅O‘rganishlar davomida fuqarolarga ajratilgan ijtimoiy yordam, imtiyozlar va xizmatlardan foydalanish jarayoni tahlil qilinib, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
✅Bunday o‘rganishlar nogironligi mavjud shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash hamda qonunchilik ijrosini joylarda ta’minlashda muhim ahamiy