Новости

Kengash raisi hududlarda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z. Suyarova hamda tuman Kengashi deputati G. Xusanovalar tomonidan Nurobod tumanidagi Omondara mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔷Uchrashuv davomida fuqarolarning bugungi kundagi dolzarb muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq masalalar hamda ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 

🔹Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganish, ularga yechim topish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹Mutasaddilar tomonidan ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar esa nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

👉Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning dardu tashvishlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2