Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Raximov tomonidan Yangikent mahallasidagi 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47-moddasi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, o‘quvchilarning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)