O‘rganish davomida Himmat ko‘chasida olib borilayotgan tosh yotqizish ishlari yakuniga yetkazilmagani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ishlarni belgilangan talablar asosida yakunlash zarurligiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalani hal etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.
Aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettiriladi.