O‘rganish davomida maktabning qozonxonasi, isitish tizimining mavsumga tayyorgarligi hamda mavjud ko‘mir zaxirasining holati va saqlanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish, ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay hamda barqaror sharoit yaratish masalalari deputatlik nazoratida bo‘ladi.