Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovnaga mahalla hokim yordamchisi B.Jumaniyazov tomonidan fuqaro N.Jienbaevaning faoliyati tanishtirildi.
🥟 Fuqaroga non, somsa va turli pishiriqlar tayyorlab sotish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun:
pechka va zarur asbob-uskunalar xarid qilish maqsadida 10 mln so‘m kredit olishiga ko‘maklashilgan.
Bugungi kunda N.Jienbaeva o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib, mahalladagi 3 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlagan.