Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna tomonidan “Do‘stlik” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🤝 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi B.Jumaniyazov bilan suhbat o‘tkazilib:
🔹 aholini kambag‘allikdan chiqarish
🔹 ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash
🔹 mahallada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar muhokama qilindi.
📍Shuningdek, mahallada ish bilan ta’minlangan fuqarolar holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.