Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati M.Umirova o‘z saylov okrugidagi Shayxlar mahallasida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov bilan birgalikda mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallani kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek:
🔹 hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar ijrosi;
🔹 obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarining borishi;
🔹 hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati;
🔹 aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘al oilalarga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi;
🔹 Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘lari va homiylik xayriyalaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish yakunida mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mahallalarda aholi farovonligini oshirish va hududlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati asosida muntazam o‘rganib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)