#Deputatlik_faoliyati
#Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining
2-Bunyodkor saylov okrugi deputati I.Ibodov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar tomonidan "Bunyodkor" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.
❗️O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🖋Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube