👩💼 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Soliyeva Vasila Ismoilovna tomonidan Ishtixon tumani 11-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
🏗 Mazkur loyiha doirasida poliklinikaga qo‘shimcha 50 qatnovli bino qurish hamda uni 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish ishlari belgilangan.
📋 Deputat tomonidan:
🔹 2026-yil I choragi davomida bajarilgan ishlar;
🔹 qurilish va rekonstruksiya jarayonining bugungi holati;
🔹 obyektni belgilangan muddatlarda yakunlash imkoniyati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
⏳ Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddatda javob berilishi lozim.
✅ Mazkur deputatlik nazorati orqali sog‘liqni saqlash muassasasida olib borilayotgan ishlarning sifati va muddatlariga rioya etilishi ta’minlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)