Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Manzura Umirova tomonidan Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i S.Safarovga deputat so‘rovi yuborildi.
👨💼 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq Ishtixon tumani 6-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha 50 qatnovli bino qurish hamda uni 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish ishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot so‘ralgan.
❔ Deputat so‘rovida:
— 2026-yil I choragi davomida bajarilgan ishlar;
— qurilish va rekonstruksiya jarayonining bugungi holati;
— obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish imkoniyati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talab etilgan.
🇺🇿 Mazkur loyiha tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, poliklinikaning imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolar uchun qulay va zamonaviy tibbiy muassasa yaratishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Deputatlik nazorati doirasida mazkur obyekt bo‘yicha ishlarning borishi doimiy nazoratda bo‘lib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)