Новости

Последние новости

янв.21
#deputat_sorovi ➕14-son oilaviy poliklinika bo‘yicha qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘raldi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Aholi bandligini ta’minlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Iqtisodiyot, tadbirkorlik va bank sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun 🏖 Ekologiya va atrof-muhitga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun 🎮 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
⭐️ 67 nafar fuqaroning mulk huquqi rasman e’tirof etildi
янв.21
#deputat_sorovi ➕11-son oilaviy poliklinikadagi qurilish ishlari nazoratga olindi
янв.21
#deputat_sorovi ⚡️6-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi nazoratga olindi
янв.21
#24_ta_masala ✅ Aholi muammolari o‘rganilmoqda – amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
#96_ta_qonun 📚 Eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi
#Munosabat

 #Munosabat 

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
Markaziy Osiyodagi hamkorlik va taraqqiyotga bag‘ishlangan so‘nggi maqolasini katta
diqqat va mas’uliyat bilan o‘qib chiqdim. Ushbu maqolada bayon etilgan fikrlar
— bugungi zamonning o‘zi talab qilayotgan strategik yo‘nalishlar, mintaqa ravnaqi
uchun mustahkam poydevordir, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
 

Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputati sifatida Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan Yangi Markaziy Osiyo modeli, do‘stlik, ishonch
va o‘zaro manfaat asosidagi hamkorlik g‘oyalarini chuqur ehtirom bilan qo‘llab-quvvatlayman.
 

Prezidentimiz e’tirof
etganidek, chegaralar bo‘yicha hal qilingan masalalar, suv-energetika sohasidagi
yanada adolatli yondashuv, transport va savdo yo‘laklarining ochilishi — barchasi
nafaqat davlatlarimiz uchun, balki har bir oila, har bir fuqaro hayotiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadigan buyuk imkoniyatlardir.
 

Bugungi Markaziy Osiyo
— hamkorlik so‘zini amal bilan isbotlayotgan, kelajagini birlashgan holda qurishga
bel bog‘lagan mintaqadir.
 

Farg‘ona tumanida esa
bizning asosiy vazifamiz — Prezidentimiz belgilab bergan yo‘nalishlarni yurtimizda amaliyotga aylantirish, aholi
turmush darajasini yanada oshirish, har bir xonadonga ertangi kunga ishonch va barqarorlik
hissini yetkazishdir.
 

Yoshlarni qo‘llash,
xotin-qizlarning
tashabbuslarini
rag‘batlantirish, fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash, insonparvar va madaniy
hamkorlikni mustahkamlash — mana shu ishlar biz amalga oshirishi lozim bo‘lgan eng
muhim vazifalardandir.
 

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Yangi Markaziy Osiyo — bu faqat siyosiy konsepsiya emas.
Bu — xalqlar taqdiri uchun qo‘lni qo‘lga berib, bir maqsad yo‘lida harakat qilish,
farovon kelajakni birgalikda yaratishdir.
 

Shu munosabat bilan
biz O‘zbekiston
“Adolat” SDPdan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga saylangan deputatlar,
Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning bunyodkor g‘oyalarini
to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz
va ularni Farg‘ona tumanida amalga oshirishda bor bilimimiz, tajribamiz va mas’uliyatimiz bilan
xizmat qilishga tayyormiz.
 

Birdamlik — kuchimiz. Hamkorlik — imkoniyatimiz. Yangilanish
— kelajagimiz.
Biz xalqimiz va mintakamiz ravnaqi uchun birgalikda izchil va samarali mehnat
qilishda davom etamiz.
 

  

Ozodaxon Dadajonova - O‘zbekiston “Adolat” SDPdan Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga saylangan deputat
 

   

Slide 1 of 1