Новости

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘rganishlar olib borilmoqda

  “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan ham muntazam o‘rganib borilmoqda.
Xususan, G`ozg`on shahar deputati M.Ergasheva o‘z saylov okrugidagi kam ta’minlangan oilalar bilan uchrashib, ularning turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida oilalarga ajratilgan subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va oziq-ovqat yordamlarini olish jarayoni tahlil qilindi.

Shuningdek, homiy tashkilotlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga uy ta'miri bilan birga chorva mollari, issiqxona jihozlari hamda tikuv mashinalari
topshirilgani qayd etildi, bu kabi ko‘maklar oilalarning o‘zini o‘zi band qilishiga xizmat qilmoqda.
   

Slide 1 of 5